1

Cayilgohda Turkmaniston Prezidenti o`zini Ashxobodda yurganday his qildi (foto)

Siyosat 23.04.2018, 21:58
Cayilgohda Turkmaniston Prezidenti o`zini Ashxobodda yurganday his qildi (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoev va Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirokida poytaxtimizdagi Ashxobod sayilgohi ochildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maxtumquli ko`chasida barpo etilgan mazkur park 10 gektardan ortiq maydonni egallagan. Sayilgoh oldi va hududida favvoralar qurilgan. Turkmanistonning ramzi bo`lgan axalteki otlarining haykallari o`rnatilgan. Zamonaviy attraksionlar, xushmanzara daraxtlar, o`rindiqlar, umumiy ovqatlanish va xizmat ko`rsatish shaxobchalari aholining mazmunli dam olishi uchun qulay sharoit yaratgan.

Davlat rahbarlari sayilgohni ko`zdan kechirdi. Turkmaniston Prezidenti o`zini Ashxobodda yurganday his qilganini ta`kidladi.

Shavkat Mirziyoev va Gurbanguli Berdimuhamedov boqqa daraxt ko`chatlari o`tqazdi.

Turkmaniston Prezidentining mamlakatimizga davlat tashrifi davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1