1

​Rajab Tayip Erdo`g`an​ O`zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Siyosat 24.04.2018, 16:17
​Rajab Tayip Erdo`g`an​ O`zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Turkiya prezidenti Rajab Tayip Erdo`g`an 29 apreldan 3 may sanasiga qadar O`zbekiston va Janubiy Koreyaga rasmiy tashrif uyushtiradi. Bu haqda TRTning Toshkent shahridagi vakolatxonasiga tayangan holda "Kabar" agentligi xabar qilmoqda.

Ta`kidlanishicha, Erdo`g`an O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan muzokaralar o`tkazadi hamda Buxoro shahrini ziyorat qiladi.

Muzokaralarning asosiy mavzusi investisiya sohasi bo`lishi aytilmoqda. Xususan, O`zbekiston va Turkiya turizm, qishloq xo`jaligi, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo`jaligi mashinasozligi, avtomobilsozlik, farmasevtika sanoati, tekstil sanoati, kimyo va tog`-metallurgiya sektorlariga investisiya yo`naltirish masalalarini muhokama qiladilar.

Turkiya prezidenti O`zbekistonga tashrifidan so`ng Janubiy Koreyaga yo`l oladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1