1

Ayollarni erta qarituvchi odatlar

SUG'DIYONA 28.04.2018, 16:51
Ayollarni erta qarituvchi odatlar

Birinchi ajinlar yoki terining qariyotganiga ishora qiluvchi boshqa alomatlar paydo bo`lishi bilan ayollar sarosimaga tushib qoladilar. Ba`zilar turli krem, ajinga qarshi vositalar, hattoki, jarrohlik usullariga murojaat etsalar, boshqalar bu haqiqatni xotirjam qabul qiladilar. Yoshlikni uzaytirib, go`zallikni saqlab qolish uchun nimalar qilish kerak? Kundalik odatlarimizni birma-bir ko`rib chiqib, turmush tarzimizga biroz o`zgartirishlar kiritishimiz maqsadga muvofiq bo`ladi.

Haddan tashqari ko`p skrablar ishlatish

Skrablash, ya`ni terining o`lik parchalaridan xalos bo`lish – bu yaxshi, albatta. Biroq bunday muolajani haftasiga ikki martadan ortiq qilish mumkin emas. Aks holda u epidermis qatlamidagi hujayralarga zarar etkazib, terini shamollashga moil qilib qo`yadi va shu yo`sinda teri qurishini keltirib chiqaradi.

Quyosh nurlaridan saqlovchi vositalarga bee`tibor bo`lish

Quyosh nurlaridan saqlovchi kremlarni nafaqat quyoshda toblanish vaqtida, balki issiq ob-havoda, ko`chaga chiqishdan oldin surtish ijobiy natijalar beradi.

Meva va sabzavotlarni kam iste`mol qilish

Noto`g`ri ovqatlanish tashqi ko`rinishgagina salbiy ta`sir ko`rsatib qolmay, balki teri holatini ham yomonlashtiradi. Shuning uchun mutaxxassislar meva va sabzavotlarni har to`rt soatda eb turishni maslahat berishadi. Tamaddi paytida qovurilgan kartoshka o`rniga, masalan, olma iste`mol qilsangiz, taningiz sizga «rahmat» deyishi aniq.

Uyquga to`ymaslik

Hammamizga ma`lumki, kishi salomatligi va go`zalligini ta`minlovchi omillardan biri uyqudir. Uning to`laqonli, ya`ni 8 soatlik bo`lishi esa yanada yaxshi. Aks holda ko`z tagidagi ko`k dog`lar, yuz rangining xiralashishi, charchoq kabi oqibatlar ertami-kech barvaqt qarishga olib keladi.

Kam suv ichish

Kuniga kamida 8 stakan suv ichish kerakligi haqida ko`p va ho`p gapirilgan. Darhaqiqat, ichimlik suvi – go`zallikning eng oddiy sirlaridan biridir. Uni tark qilish esa terining so`lib, qurishiga olib keladi.

Shirinliklar

Emak-ichmak tarkibida shakarning ko`p bo`lishi zarar ekani ham hammaga ma`lum haqiqatlardan. Haddan ortiq shirinliklar iste`moli nafaqat xipcha belni «yo`q»qa chiqaradi, balki terining holatiga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi. U o`zining silliqligini yo`qotib, tez yallig`lanadigan bo`lib qoladi.

Gazlangan ichimliklarni sui`stemol qilish

Odatda gazli ichimliklarni ichar ekanmiz, tishlarimizga etkazadigan katta zararlari haqida o`ylab ham o`tirmaymiz. Ularning deyarli barchasida shakar miqdori yuqori darajada bo`ladi. Shulardan biri «Coca-cola»dir.

Chekish

Chekish oqibatida teri o`z silliqligini yo`qotib quriy boshlaydi. Ko`zning tagida ko`karmalar hosil bo`ladi, barvaqt ajin tushadi. O`pkalarga, homiladorlik vaqtida bevosita homilaga salbiy ta`sir ko`rsatadi hamda organizmni stress holatiga tushiradi.

Manba: http://muslimaat.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1