— Muammoingiz nima?
— Charchoq va og`ir ish.
— Nima ish qilasiz?
— Bankda hisobchi.
— Ayolingiz nima ish qiladi?
— Ishlamaydi. Faqatgina uy bekasi.
— Kim ertalab sizni va farzandlaringizni uyg`otib, barchangizga nonushta tayyorlaydi?
— Ayolim. Chunki, u ishlamaydi-da.
— Ayolingiz qachon uyg`onadi va siz qachon uyg`onasiz?
— Ayolim ertalab beshda, men ettida uyg`onaman. Chunki, u bolalarni maktabga tayyorlab, bizga nonushta pishiradi.
— Bolalarni maktabga kim olib boradi?
— Ayolim. Chunki, u ishga bormaydi.
— Ayolingiz bolalarni maktabga olib borgandan keyin nima ish qiladi-yu, siz nima ish qilasiz?
— Uyga qaytib, tushlik tayyorlaydi, kiyimlarni yuvadi, uyni supuradi, farzandlarning qaytishini kutadi. Ishlamaydi-da, shuning uchun bu yumushlarni qiladi. Men esa, peshindan keyingi soat uchgacha ishxonada bo`laman.
— Kechqurun ishdan qaytganingizda, nima qilasiz? Ayolingizchi?
— Mashaqqatli ish kunidan so`ng ovqatlanib, biroz dam olaman. Ayolim bolalarimning uy vazifalarini qilishga qarashib yuboradi. Keyin choy damlab kelib, birga choy ichish uchun meni uyg`otadi.
— Shundan keyin kechqurun siz nima qilasiz? Ayolingiz-chi?
— Gazeta o`qiyman, televizor ko`raman, yangiliklar bilan tanishaman, ayolim idishlarni yuvadi, uyni tozalaydi va bolalarimni uyquga hozirlaydi.
— Endi aytingchi, psixolog maslahatiga kim kelishi kerak?! Sizmi yoki ayolingizmi?! Ko`proq kim dam olishi kerak?! Sizmi yoki ayolingizmi?! Erta tongdan to kechgacha tinmay mehnat qiladigan ojiza insonni «Ishlamaydi! Ishsiz!» deyishga uyalmaysizmi?! Ish soatisiz, maoshsiz, texnika xavfsizligisiz, qo`lqopsiz, mukofot pulisiz, tashakkursiz ishlaydigan va bu bilan malollanmaydigan, shikoyat qilmaydigan, tashlab ketib qolmaydigan insonni «Ishlamaydi!
Ishsiz!» deyishga uyalmaysizmi?! Onalar, opalar, singillar, xotinlar, qizlar tinim bilishmaydi. Yana ularni «bekorchi» deyiladi.