1

Samarqanddan Amerikaga 377 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi

Iqtisodiyot 15.05.2018, 17:31
Samarqanddan Amerikaga 377 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi

Samarqand viloyati iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, bugungi kunda viloyatdagi korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sub`ektlari dunyoning 80 ga yaqin davlati, jumladan, Amerika Qo`shma Shtatlari bilan eksport-import operasiyalarini amalga oshirib kelmoqda, deb yozadi O`zA.

Joriy yilning birinchi choragida tomonlar o`rtasidagi tovar aylanmasi 1 million 480 ming dollardan ko`proqni tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar o`sish ko`rsatkichiga erishilgan.

4.JPG
Ayni paytda bunda import ulushi ko`proq (1 million 103 ming dollar) bo`lsa-da, yil yakuniga qadar eksport ko`rsatkichlarini ham oshirish imkoniyati mavjud.

Shu bilan birga, hozirda AQSh kapitali ishtirokida 10 dan ortiq korxona faoliyat ko`rsatmoqda. Mazkur sub`ektlar tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida oziq-ovqat va farmasevtika mahsulotlari, qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, bir qator xizmat ko`rsatish korxonalari tashkil etilgan.

Samarqand shahrida joriy yil yanvar oyidan ish boshlagan mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “MAROKAND PENSYLVANIA TRADE” qo`shma korxonasi ana shunday ishlab chiqarish sub`ektlaridan hisoblanadi.

– Spirtsiz ichimliklar ishlab chiqarish bo`yicha faoliyatni yo`lga qo`yganmiz, – deydi korxona rahbari Sh.Rahmatov. – Amerikalik hamkorlarimiz ko`magida xorijdan 500 ming dollarlik zamonaviy texnologiya keltirib o`rnatganmiz. Uning yordamida kuniga uch xil hajmda 50 ming dona mineral suv va boshqa ichimliklarni qadoqlash imkoniyati mavjud. Mahsulot asosan ichki bozorga chiqarilmoqda. Hozirda korxonamizda o`n nafar yosh doimiy ish bilan ta`minlangan. Kelgusida mahsulot turi va hajmini oshirish hisobiga qo`shimcha ish o`rinlari yaratish rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1