1

Vatanimizdagi diniy bag`rikenglikning Sankt-Peterburgdagi isboti

Madaniyat 07.06.2018, 09:02
Vatanimizdagi diniy bag`rikenglikning Sankt-Peterburgdagi isboti

zbekiston azaldan turli dinlar, tamaddunlar tutashgan hududda joylashgan. Vatanimiz hududidan buddaviylik, zardo`shtiliy, nasroniylik singari dinlarga oid tarixiy yodgorlik topilgani ham bundan darak beradi.

Sankt-Peterburgdagi Din tarixiy Davlat muzeyi dunyo dinlari tarixini o`rganishdagi muhim ilmiy muassasalardan hisoblanadi. Unda O`zbekistondan borib qolgan ko`plab diniy manbalar, ibodat anjomlari, hujjatlar, uy-ro`zg`or buyumlari, fotosuratlar saqlanmoqda.

Sankt-Peterburg shahrida o`tayotgan “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va madaniyatlar o`rtasiagi muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro kongressi doirasida “O`zbekiston – madaniyatlar chorrahasida” nomli ko`rgazma tashkil etildi.

Muzey xodimarining ta`kidlashicha o`tgan asrning 60-yillarida Surxondaryo viloyati hududidan topilgan Budda haykalchasining bosh qismi ushbu muzeyning eng nodir artefaktlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, O`zbekistondan hududidan keltirilgan bir qator Qur`oni karim nusxalari, joynamozlar, tahorat olish uchun ishlatiladigan obdasta va dastshular xalqimizning asrlar davomida ruhiyatiga turmush tarziga singib ketgan islomiy an`analardan xabar beradi. O`tgan asrga oid ko`plab fotosuratlarda yurtimiz musulmonlarining hayoti, muhim diniy tadbirlar o`z aksini topgan.

Shuningdek, ko`rgazmada Samarqanddan keltirilgan, yahudiy kelin-kuyov o`rtasida ikki asr muqaddam tuzilgan nikoh shartnomasi ham azaldan yurtimizda diniy bag`rikenglik hukm surganini ko`rsatadi.

Ko`rgazmada namoyish qilingan noyob eksponatlardan yana biri Buxoro amiri Said Abdulahadxonga tegishli zardo`zi chopondir. Ushbu chopon Rossiyaga qanday kelib qolgani haqida aniq ma`lumotlar yo`q. Ammo, buxorolik zardo`zlarning mehnati va mahorati evaziga tikilgan bu bebaho libos muzeydagi eng noyob eksponatlardan biri sifatida tan olinadi.

Tadbirda ushbu nodir eksponatlarning ahamiyati, O`zbekiston dinlararo bag`rikenglik muhitini shakllangani haqida to`xtalib o`tishdi. Muzey fondiga O`zbekiston hududidan topilgan “Katta Langar Qur`oni”ning faksimile nsxasi “O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumidagi kitoblar tuhfa qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1