O`zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev Facebook ijtimoiy tarmog`ida o`z sahifasini ochdi.
"Men sizlarni mamlakatimizda madaniyat va san`at sohasida amalga oshirilayotgan ulkan hamda qamrovli islohotlar, joylardagi mavjud holatlar, hozirgi kunda zudlik bilan hal etilishi lozim bo`lgan muammo va kamchiliklar hamda ularning echimi, shuningdek, o`zimning ish faoliyatim bilan ijtimoiy tarmoq orqali sizlarni xabardor qilish maqsadida o`z sahifamni ochdim. Sizlar bilan bevosita muloqot qilishdan bag`oyat mamnunman", - deyiladi xabarda.






