Sankt-Peterburgda O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan anjuman samarali o`tmoqda

Madaniyat 08.06.2018, 12:25
Sankt-Peterburgda O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan anjuman samarali o`tmoqda

Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro kongressi bo`lib o`tmoqda. 7 iyun Rossiya Fanlar akademiyasining Maksim Gorkiy nomidagi Olimlar uyida anjumanning tantanli ochilishi bo`lib o`tdi.

Ikkinchi xalqaro kongress O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bir qator davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda o`tkazilmoqda.

Kun davomida “Madaniy merosni saqlash, o`rganish va ommalashtirishning dolzarb yo`lari umumjahon muommasi sifatida: O`zbekiston tarjribasi”, “Buyuk ipak yo`li markazida Sharq va G`arb madaniy an`analarining o`zaro ta`siri”, “Insonparvar va ma`rifiy Islom O`zbpekiston madaniy merosida”, “Amaliy bezakli san`at: turmush, e`tiqod va go`zallik uyg`unligi”, “Movarounnahr kitobat san`ati” singari yo`nalishlar bo`icha O`zbekiston va dunyo olimlarining qiziqarli, rang-barang ma`ruzalari tinglandi.

Ma`ruzachilar o`z chiqishlarida dunyoning turli hududlarida saqlanayotgan o`zbek madaniyatining bebaho durdonalari, ularning tarixi, o`rganilishi, o`ziga xos jihatlari to`g`risida qimmatli ma`lumotlar berishdi.


– Ikki yildan beri “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” xalqaro kongressida ishtirok etib kelyapman, - deydi I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog`iston Davlat san`at muzeyi direktori Gulbahor Izentaeva. – Loyiha doirasida bizning muzeyimizga bag`ishlangan kitob-albom ham chop etildi. O`ylaymanki, bunday ilmiy anjumanlar biz, muzey xodimlari faoliyatida ham juda katta tajriba maktabi vazifasini o`taydi. Dunyoning yirik muzeylari vakillari bilan uchrashamiz, ular bilan tajriba almashamiz.

Shuningdek, anjumanda “O`zbekiston madaniy merosi – dunyo to`plamdarida” turkumidan chop etilgan “O`zbekiston madaniy merosi Davlat din tarixi muzeyida”, “O`zbekiston gilamchiligi: asrlarga tengdosh an`analar”, “O`zbekiston madaniy merosi – O`zbekiston Davlat San`at muzeyi to`plamlarida”, “O`zbekiston madaniy merosi – Germaniya muzeylarida” kitob-albomlarining hamda ushbu mavzuda suratga olingan hujjatli filmlarning taqdimoti o`tkazildi.

Ayni paytga qadar “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” turkumidan o`nta kitob chop etildi. Yana beshta kitob-albom chop etilish arafasida. “Zamon Press info” nashriyot uyida nashrga tayyorlangan bu kitoblar zamonaviy poligrafiya imkoniyatlari doirasida chop etilmoqda.

– Buyuk o`zbek shoiri Erkin Vohidov “Tarixigdir ming asrlar ichra pinhon o`zbegim” dganida naqadar haq edi, – deydi Turkiyadagi “Mega basin” nashriyot uyining bosh direktori Selim Kondu. – Chindan o`zbek xalqining madaniy meroi turkiy xalqlar orasida o`zining noyob va betakrorligi bilan ajralib turadi. Bu ulkan xazinaning dunyo miqyosidagi targ`ibotida o`z hissamizni qo`shayotganimizdan benihoya mamnunmiz. Mazkur kitob-albomlar ham eng ilg`or matbaa texnologiyaari, ham qo`l mehnatidan foydalangan holda chop etilmoqda. Biz bunday keyin ham ushbu xayrli loyiha asosida hamkorlikni davom ettirish niyatidamiz.

– Ayni paytda O`zbekistonning Yaponiyadagi madaniy merosi durdonalariga bag`ishlangan kitob-albom ustidagi ishlarimizni tugatish arafasidamiz, – deydi Yaponiyaning Sigaraki shahridagi Mixo muzeyi maxsus ilmiy xodimi Sergey Laptev. – Biz mazkur albomni yaratish jarayonidan Yaponiyaning o`nta muzeyidagi eksponatlarni o`rganib chiqdik. Kunchiqar o`lkada saqlanayotgan O`zbekistonga eng qadimiy artefaktlar VIII asrga borib taqaladi. Bu nodir topilmalar ayni paytda imperator saroyida saqlanadi va yapon xalqining milliy xazinasidan o`rin olgan. Bu misollar Yaponiya va O`zbekiston orasidagi madaniy aoqalar juda uzoq o`tmga borib taqalashini isbotlaydi.

Eslatib o`tamiz, Ikkinchi xalqaro kongress doirasida Sankt-Peterburgdagi Rossiya Etnografiya muzeyi, Kunstkamera, Din tarixi Davlat muzeyi, Rossiya Milliy kutubxonasida O`zbekiston madaniy merosiga oid ko`rgazmalar tashkil etilgan. “O`zbekiston madaniy merosi – xallar va mamlakatlar o`tasida muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqao kongressi bugun, 8 iyun kuni o`z ishini yakunlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1