1

Jahon banki O`zbekiston iqtisodiyoti o`sish prognozini ko`rib chiqdi

Iqtisodiyot 08.06.2018, 23:32
Jahon banki O`zbekiston iqtisodiyoti o`sish prognozini ko`rib chiqdi

Jahon banki 2018 yilda O`zbekiston iqtisodiyotining o`sish ko`rsatkichlari yanvarda prognoz qilingan 5,6 foizdan 5 foizgacha pasayishini prognoz qildi. 6 iyun kuni Jahon bankining O`zbekistondagi idorasi press-relizida bu haqda so`z boradi.

Ekspertlar 2019 yilda O`zbekiston YaIM prognozini ham 6,3 foizdan 5,1 foizgacha tushirdi.

Ushbu raqamlar Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi 2018 yildagi 3,2 foiz va 2019 yildagi 3,1 foizlik o`rtacha ko`rsatkichlardan yuqori, deyiladi xabarda.

Mamlakatdagi tuzilmaviy islohotlar, jumladan ayirboshlash kursini liberallashtirish, soliq islohoti, davlat korxonalarining xususiylashtirilishi va bank sektoridagi islohotlar uzoq istiqbolni yaxshilashi kutilmoqda.

Xalqaro valyuta jamg`armasi 2018−2019 yillarda O`zbekiston YaIM o`sishini 5 foiz darajasida prognoz qilmoqda.

O`zbekiston Markaziy banki dekabrda iqtisodiy o`sish ko`rsatkichi yiliga 5,5−6 foiz bo`lishini prognoz qilgan edi.

Aprelda Osiyo taraqqiyot banki ham 2018 yildagi O`zbekiston YaIM o`sish sur`atlarini 2017 yil sentyabrdagi 6,8 foiz o`rniga 5,5 foizga pasaytirgan edi. 2019 yildagi prognoz ham 7,3 foizdan 5,6 foizga pasaytirilgan.

Jahon banki guruhi bayonnomasida ta`kidlanishicha, jahon iqtisodiyoti umumiy hisobda 3,1 foizga o`sadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1