5 iyuldan 5 sentyabrga qadar “hosilga hosil qo`shish dolzarb ikki oyligi” e`lon qilindi. Bu borada amalga oshirilishi zarur bo`lgan ishlar belgilab olindi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 4 iyul kuni yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta`minlash masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.
Bu yil ob-havoning quruq va salqin kelishi sababli g`o`za rivoji 10-15 kunga, ba`zi joylarda 20-25 kunga kechikkani qayd etildi. G`o`za parvarishidagi qoloqlikni bartaraf etish, kafolatlangan hosil yaratish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.
Bu yil davlat tomonidan oldingi yillarda bo`lmagan barcha sharoitlar yaratib berildi, endi fermerlar ham shunga yarasha javob qilishi kerak. Oldingidek rejaning ortidan quvib, daromadni o`ylamaydigan, hisob-kitobsiz ish qiladigan fermer bizga kerak emas. Paxta bizga rejani bajarish uchun emas, ish o`rinlarini yaratish, aholi daromadani oshirish, turmush darajasini yaxshilash uchun kerak, dedi Prezident.






