Whatsapp messenjerida ovozli qo`ng`iroq xizmati joriy etilishi haqidagi xabarlar mart oyida paydo bo`lgandi.
Joriy yil boshida bo`lib o`tgan Mobile World Congress taqdimotida kompaniya direktori Yan Kum 2014 yilning ikkinchi choragida yangi xizmatni ishga tushirish rejasi borligi haqida ma`lum qilgandi. G`arb matbuotlarining xabar berishicha, yangi xizmatni ishga tushirilishiga sanoqli kunlar qoldi, deb xabar beradi Tech nashri. Ammo, xizmatning aniq qaysi kundan ishga tushirilishi ma`lum qilinmagan.
Eslatib o`tamiz, fevral oyida Facebook ijtimoiy tarmog`i WhatsApp messenjerini 19 milliard AQSh dollari evaziga sotib olgandi.