1

Google 19 mln. dollarni ota-onalarga qaytaradi

Hi-tech 05.09.2014, 11:35
Google 19 mln. dollarni ota-onalarga qaytaradi

Google kompaniyasi Google Play do`qoni orqali ilovalar harid qilgan bolalar ota-onalariga 19 million AQSh dollarini qaytaradi. Bu haqda savdo bo`yicha AQSh federal qo`mitasiga asoslanib "ITAR-TASS" xabar beradi.  

Ko`pgina ota-onalar Google kompaniyasini farzandlarining ilovalar haridi uchun noqonuniy pul echib olishda ayblashdi. 

Shuningdek, kompaniya endi sotuv tizimiga bir qator o`zgartirishlar, xususan qo`shimcha to`lovni tasdiqlash tizimini kiritadi. Bu harid qilishda foydalanuvchining roziligini olish imkoniyatini beradi.  

2011 yil Google ilovalar ichki tizimida harid uchun to`lovni tasdiqlovchi qo`shimchasini kiritmagan. Shu sababli, savdo bo`yicha federal qo`mitasi ilovalar haridi uchun yuzlab dollar ishlatib yuborgan bolalar ota-onalaridan shikoyatlar kelib tushgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1