1

iPhone 6 va iPhone 6 Plus taqdimoti bo`lib o`tdi (FOTO)

Hi-tech 10.09.2014, 11:52
iPhone 6 va iPhone 6 Plus taqdimoti bo`lib o`tdi (FOTO)

AQShning Kaliforniya shtatida yilning uzoq kutilgan IT taqdimoti bo`lib o`tdi. Apple kompaniyasi o`zining flagman smartfonlarining iPhone 6 va iPhone 6 Plus modellarini taqdim qildi. 

Yangi qurilmalarning texnik tavsifi: qurilma hajmi 4,7 va 5,5 dyumli yangi avlod Retina HD, 1334 x 750 va 1920 x 1080 displeyiga ega.

Ikkala smartfon ham  iPhone 5S’ni ham tavsif, ham hajmi bo`yicha ortda qoldiradi. iPhone 6 va 6 Plus smartfonlariga 64 bitli A8 prosessori joylashtirilgan. Asosiy prosessordan tashqari M8 prosessori ham mavjud. Ikkala model qalinligi bo`yicha iPhone 5S’dan yupqa. iPhone 6’da 6,9 mm, iPhone 6 Plus’da 7,1 mm.ga teng.

iPhone 6 uchun maxsus  iOS 8 interfeysi ishlab chiqildi. Shuningdek,  iPhone 6 qurilmasida 11 soat davomida tinmay video ko`rish imkoniyati mavjud.

Kamera 8 mp bo`lib, True Tone yoritgichiga (vspshka) ega. Oldi kamera sifati 81 foizga yaxshilangan.

Qurilma AQShda 19 sentyabr kuni sotuvga chiqishi kutilmoqda. iPhone 6 narxi  shartnoma asosida xotira hajmiga ko`ra, 199 AQSh dollaridan 499 dollargacha, iPhone 6 Plus esa 299 dollardan 499 dollargacha ekanligi ko`rsatilgan. Bu haqda Dni.Ru sayti xabar beradi.

iOS 8 interfeysini esa 17 sentyabr kunidan yuklab olish mumkin bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1