20 fevral kuni soat 18:09:58 da Afg‘oniston hududida 6 magnitudali zilzila qayd etildi. Yer silkishining epitsentri Bag‘lon viloyatida joylashgan bo‘lib, chuqurligi 76 kmni tashkil etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila O‘zbekiston hududida ham sezilgan. Surxondaryo viloyatida yer osti turtkilar 2–3 ball, Qashqadaryo viloyatida esa 2 ball darajasida qayd etilgan.
Epitsentrdan Toshkentgacha bo‘lgan masofa 608 kmni tashkil qilgan.






