1

Eng arzon go‘sht va boshqa mahsulotlar qaysi bozorda?

Iqtisodiyot 14.08.2018, 13:12
Eng arzon go‘sht va boshqa mahsulotlar qaysi bozorda?

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markaziy bozorlarida sotilayotgan (oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo`jalik) mahsulotlar narxlarining 2018 yil 12 avgust holatini e`lon qildi, deb xabar bermoqda O`zA.

Mol go`shti

D4A57E40-1FCC-4C7E-832B-F38075E3ABD3_cx0_cy10_cw0_w1023_r1_s.jpg

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol go`shti 26 ming so`mdan 43 ming so`mgacha bo`lgan narxlarda sotilmoqda. Eng arzon narxlar o`tgan haftada kuzatilganidek, Qoraqalpog`iston Respublikasi bozorlarida uchratish mumkin – 26 ming so`m.

Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida 1 kg. mol go`shti 26 – 39 500 so`m. O`tgan haftada ushbu bozorda 1 kg. mol go`shti 26 – 42 ming so`mdan sotilayotgani kuzatilgandi.

Toshkent shahrining Farhod, Mirobod, Yunusobod, Chorsu, Qo`yliq dehqon bozorlarida 1 kg. mol go`shti 28 ming so`mdan 42 ming so`mgacha sotilmoqda. O`tgan haftada eng arzon narxlardagi mol go`shti faqat Qo`yliq bozorida (28 ming so`m) sotilgan bo`lsa, endilikda ushbu narxlardagi mol go`shtini barcha bozorlardan sotib olish mumkin. Qizig`i, respublika bo`yicha eng qimmat narxlarda sotilayotgan mol go`shti bu haftada Qo`yiliq dehqon bozorida uchradi. Mirobod bozorida 42 ming, Yunusobod bozorida 41 ming, Farhod bozorida 40 ming, Chorsu bozorida 39 mingga sotilayotgan shu sifatdagi 1 kg. mol go`shti Qo`yliq bozorida 43 ming.

Qo`y go`shti

15ED8D8D-8CEE-41E0-9432-40E557DD2162_w1023_r1_s.jpg

Eng arzon narxlardagi qo`y go`shti – poytaxtning Mirobod, Farhod, Chorsu bozorlarida 28 ming so`mdan sotilmoqda. Eng qimmat narxlardagi qo`y go`shtini ham Toshkent shahar bozorlarida uchratish mumkin: Yunusobod bozorida 44 ming so`m, Qo`yliq bozorida 45 ming so`m.

Tovuq go`shti

9255f1ea211f0420f24e0d9bb2df9f51_720x480.jpg

Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida eng arzon narxlar 12 – 14 ming so`m. Eng qimmat narxlar Farxod dehqon bozori (Toshkent shahri)da 14 – 21 ming so`mgacha.

Guruch

ris-devzira-2-4-lazer.jpg

Respublika bozorlarida guruchni 4 – 13 ming so`mgacha uchratish mumkin. Qo`yliq dehqon bozoridagi eng qimmat narxdagi guruch bu haftada ham saqlanib qolgan – 13 ming so`m. Eng arzon guruch Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 3500 so`m. Shuningdek, Nukus, Jizzax shahar Markaziy dehqon bozorlarida 4 000 ming so`m.

O`simlik yog`i

fe6ddc67a20b6100053ad6be91646d72.jpg

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. o`simlik yog`i 8 – 12 ming so`mdan sotilmoqda. Ushbu mahsulotning eng arzonini Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida uchratish mumkin – 8 ming. Eng qimmat narxlarni Buxoro, Jizzax shaharlari, Farxod (Toshkent shahri) dehqon bozorlarida uchratish mumkin – 12 ming so`m.

Un

1-1.jpg

Eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. 1-navli un 1500 so`m. Eng qimmat narxlar esa Jizzax shahar Markaziy dehqon bozorida – 3500 so`m.

Shakar

2018-05-08-171720-36c09f33c.jpg

Eng qimmat narxlardagi shakar Nukus shahar Markaziy dehqon bozori, Yangi shahar bozori (Andijon)da – 1 kg. shakar 5 500 so`m. Eng arzoni esa Navoiy shahri “Sahovat” MChJga qarashli markaziy dehqon bozorida – 4 ming so`m.

Tuxum

eggs-1.jpg

O`tgan haftada bozorlarda tuxum narxlarining o`sgani kuzatilgan edi. Bu haftada ko`plab bozorlardagi tuxum narxlari bir xil 350 – 500 so`m. Eng arzon narx Qarshi shahri “Erqo`rg`on” dehqon bozorida – 330 so`m. Eng qimmat narx Qo`yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da 400 – 600 so`mdan sotilmoqda.

Kartoshka

kartoshka.jpg

Qarshi shahri “Erqo`rg`on” dehqon bozoridan 1 kg. kartoshkani 500 so`mdan 1200 so`mgacha xarid qilish mumkin bo`lib turgan bir paytda, Guliston shahri Markaziy dehqon bozori (Sirdaryo)dan 1 kg. kartoshkani 1500 so`mdan 3000 so`mgacha sotilmoqda.

Pomidor. Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida 1 kg. pomidor 1000 – 1500 so`m. Farxod, Qo`yliq dehqon bozorilari (Toshkent shahri)da 4000 ming so`mgacha sotilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1