Ismingizni ayting, baxtingizdan so`ylaymiz

SUG'DIYONA 28.08.2018, 11:55
Ismingizni ayting, baxtingizdan so`ylaymiz

Ko`pchilik munajjimlar bashoratiga qiziqadi. Ba`zan to`ydan avval kelin-kuyovning tug`ilgan sanasi munajjimlar jadvali bo`yicha bir-biriga mos keladimi-yo`qmi, shunisini ham nazardan qochirmaydiganlar bor. Siz uchun-chi, qiziqmi? Unda quyidagi jadvalni e`tiboringizga havola qilamiz. Marhamat, o`zingiz va juftingiz ismining bosh harfini topib, kerakli raqamni aniqlang. Bu raqam bir-biringizga nechog`li mos ekaningizni so`zlaydi!

1. Fe`l-atvor jihatidan bir-biringizga juda ham mossiz. Sizdan yo o`ta totuv yoki haddan ziyod jo`shqin, ehtirosli juftlik chiqadi.

2. Odatdagidek juftlik. Sizlarda biror o`ziga xoslik bor, deb bo`lmaydi. Ammo yaxshi yashaysiz.

3. Ideal oila! Bir-biringizni nihoyatda yaxshi tushunasiz va doim kerakli paytda kerakli so`zni topa olasiz.

4. Agar bir-biringizni tinglay bilsangiz, mayda-chuyda gap-so`zlar ayriliqqa sabab

bo`lolmaydi.

5. Uzukka ko`z qo`ygandek, deb aynan sizdeklarni aytishadi! Oilangizga barchaning havasi keladi! Ko`z tegmasi-in!

6. Mustahkam oila qura olasiz va munosabatlaringiz uzoq hamda mazmunli davom etadi.

7. Oson kechmasligi mumkin, ammo mashaqqatlardan cho`chimang, hech qachon qulamaydigan baxt qasrini, albatta, qurasiz!

8. Hech kimga quloq solmang, bir-biringizni seving, seviling, shuning o`zi kifoya.

9. Intellekt, ya`ni aql jihatidan bir-biringizga munosibsiz. Har doim yoqimli va qiziqarli suhbat uchun mavzuingiz bor.

10. Namunali juftlik! Siz bir oilasiz!

11. Ma`nan va ruhan juda mossiz!

12. Birgalikda har qanday mashaqqatni enga olasiz, shuning uchun ham hech qachon engilmang!

13. Qalban yaqin insoningizni topgansiz, tabriklarimizni qabul eting!

14. Baxtingizni qadrlang va asrang, bu juftlikka hasad qiluvchilar topiladi.

15. Ko`pchilik sizlarni bir-biringizga nomunosib deb biladi, ammo ikkingiz buning aksini isbot etishingiz mumkin.

16. Ijodiy jihatdan xo`p topishgansiz-da! Birgalikda aql bovar qilmas yutuqlarga erishishingiz mumkin.

17. Yaxshi do`st va ajoyib juftlik.

18. Oilangiz qo`rg`oni mustahkam!

19. Janjalsiz iloj yo`q. Axir, ikkingiz ham qiziqqonsiz.

20. Agar nimadir ko`ngildagidek bo`lmasa, tushkunlikka tushmang. Hammasi o`z qo`lingizda, er-xotin munosabatlari ham xuddi ish, o`qishdek gap. Mehnat qilmasangiz muvaffaqiyatga erishmaysiz.

21. Biroz zerikarli juftlik bo`lib tuyilishingiz bor gap, ammo asl haqiqat ikkingizga ayon. Bir-biringizdan zerikishingiz mumkin emas!

22. Yaxshi juftlik. Bundan ortiq ta`rifga hojat yo`q.

23. Sizning bir-biringizga muhabbatingizni yulduzlar ham tasdiqlamoqda.

24. Uy-ro`zg`or borasida qarashlaringiz bir xil. Bu oilaviy hayotda muhim ekanini bilasiz-a?!

25. Yomon juftlik emas. Faqat birgalikda biroz mashaqqatli yo`lni bosib o`tishga to`g`ri keladi.

26. Go`zal va quvnoq! Ikkingiz birgalikda xuddi shundaysiz.

27. Eng namunali oilani qura olasiz!

28. Muhabbatingiz uchun kurashing va aslo engilmang!

29. Hamkorlikda ko`p yaxshi ishlar qilishingiz va bundan faxrlanib yurishingiz mumkin.

Internet materiallari asosida tayyorlandi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1