1

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi Toshkentda Xitoy va O`zbekistonning etakchi tadqiqot markazlari va OAVlari vakillari ishtirokida xalqaro simpozium o`tkazdi

Siyosat 10.09.2018, 20:32
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi Toshkentda Xitoy va O`zbekistonning etakchi tadqiqot markazlari va OAVlari vakillari ishtirokida xalqaro simpozium o`tkazdi

2018 yilning 10 sentyabr kuni «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida ikki davlat tadqiqot institutlari va OAV vakillari ishtirokida “Bir makon, bir yo`l: O`zbekiston va Xitoy tadqiqot institutlari va OAVlari o`rtasida muloqot” mavzusida xalqaro simpozium bo`lib o`tdi. Tadbir “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Xitoy xalq diplomatiya assosiasiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi, deb xabar berdi markaz matbuot xizmati.

Simpoziumni o`tkazishdan asosiy maqsad ikki davlat tadqiqot markazlari va OAVlari o`rtasida hamkorlik aloqalarini o`rnatish hamda kelgusi rejalarni rivojlantirish hisoblanadi. Bu kabi uchrashuvlarning tashkil etilishi davlatlar o`rtasida xalqlar uchun xizmat qiluvchi o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, O`zbekiston va Xitoy “aql markazlari” hamda OAVlari o`rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko`tarilib, davlatlarning umumiy rivojlanishiga sezilarli xissa qo`shadi.

Tadbir davomida Xitoy xalq diplomatiyasi assosiasiyasi bosh kotibi j-b Chjao Siyuan, Xitoy xalq diplomatiyasi assosiasiyasi vise-prezidenti j-b Xu Chjenyue, Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan xonim, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori Akmal Burxanov va boshqalar ishtirok etib, ma`ruza qildilar.

O`zbekiston va Xitoy tadqiqot institutlari va OAVlari o`rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xalqlar o`rtasidagi o`zaro hamjihatlikni yanada rag`batlantirish, Xitoy va O`zbekiston o`rtasida madaniy hamkorlikni qo`llab-quvvatlash, turli sivilizasiyalarning yakdil rivojlanishini ta`minlash kabi masalalar simpozium ishtirokchilari tomonidan sessiyalar davomida muhokama qilindi. Xususan, O`zbekiston vakillari o`z chiqishlari davomida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi doirasida bugungi kunda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarni rivojlantirish yo`lida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarga alohida urg`u qaratdilar.

Ma`lumki, Harakatlar strategiyasida belgilangan muhim vazifalardan biri – bu transport va logistika infratuzulmasini rivojlantirishdir. Bu eng avvalo, tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo aloqalarini kengaytirish, O`zbekistonning investision jozibdorligini oshirishga, turizm sohasining o`sishi va eng asosiysi, tarixiy, etnik va madaniy jihatdan bog`liq bo`lgan mintaqamiz xalqlarining yaqinlashishiga xizmat qiladi. O`zbekiston Markaziy Osiyoni Xitoy va Rossiya orqali Janubiy, Janubi-G`arbiy Osiyo va Evropa mamlakatlari bozorlari bilan bog`laydigan transport-logistika yo`nalishlarini yaratishga katta qiziqish bildirmoqda.

Tadbir ishtirokchilari, shuningdek Xitoyning “Bir makon, bir yo`l” xalqaro tashabbusining o`ziga xosligi va dolzarbligi haqida so`z yuritib, uning yangi savdo yo`llarini ochish, transport va iqtisodiy koridorlarni yaratishda O`zbekistonning tashqi iqtisodiy manfaatlariga mos kelishini ta`kidladilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1