AsosiyJamiyat

“G`alaba bog`i”ga kirish vaqtinchalik to`xtatiladi

'“G`alaba bog`i”ga kirish vaqtinchalik to`xtatiladi'ning rasmi

Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan “G`alaba bog`i” yodgorlik majmuasi hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi hududida 9 may — Xotira va qadrlash kuni tadbirlariga tayyorgarlik ko`rish munosabati bilan xo`jalik va dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 6-7 may kunlari “G`alaba bog`i” yodgorlik majmuasi hududiga tashrif buyuruvchilarning kirishi vaqtinchalik to`xtatiladi.

    Boshqa yangiliklar