Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi yuz berdi.
Holat 4 may kuni soat 12:50 larda Chilonzor tumani KXAY ko`chasi 104-uy qarshisida sodir bo`lgan. Unda 2003 yilda tug`ilgan A. Yu. boshqaruvida bo`lgan Spark va 1985 yilda tug`ilgan J. Y. boshqaruvida bo`lgan Matiz o`zaro to`qnashib ketgan.
YTH oqibatida Spark haydovchisi tan jarohat olgan. Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.