1

Jurnalist Farhod Mahmudov Prezident maslahatchisining o`rinbosari etib tayinlandi

Siyosat 20.09.2018, 17:21
Jurnalist Farhod Mahmudov Prezident maslahatchisining o`rinbosari etib tayinlandi

Jurnalist Farhod Mahmudov O`zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Turon24 xabar bermoqda.

“Farhod Mahmudov Ommaviy axborot vositalari, ma`naviyat va ma`rifat, madaniyat, san`at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmatining rahbariga o`rinbosar bo`ldi.

Avval ko`p yillar Xayriddin Sultonov boshchilik qilgan ushbu Xizmat rahbari lavozimi hozircha vakant qolmoqda. Avgustda Xayriddin Sultonov qayta tashkil etilgan Prezident Adminstrasiyasida Prezidentning spichrayteri etib tayinlangandan so`ng, ushbu Xizmatni vaqtincha Abdujabbor Abduvohidov boshqarib kelmoqda.

Tayinlovga qadar Farhod Mahmudov O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Axborot” direksiyasining Bosh muharrir o`rinbosari lavozimida ishlagan”, - deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1