1

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti AQShning Favqulodda va muxtor elchisini qabul qildi

Siyosat 25.09.2018, 07:10
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti AQShning Favqulodda va muxtor elchisini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 24 sentyabr kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Amerika Qo`shma Shtatlarining Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlenni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, ko`p qirrali va o`zaro manfaatli O`zbekiston – Amerika Qo`shma Shtatlari aloqalarini izchil rivojlantirish va mustahkamlashga AQSh elchisi shaxsan salmoqli hissa qo`shganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotlar va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil may oyida Amerika Qo`shma Shtatlariga rasmiy tashrifining samarali natijalari mamlakatlarimiz o`rtasidagi do`stlik va strategik sheriklik munosabatlarining yangi davri uchun mustahkam zamin yaratdi.

Tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo`yicha konstruktiv siyosiy muloqot yo`lga qo`yildi. Parlamentlararo almashuvlar faollashdi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaymoqda. Fan, ta`lim va madaniyat sohalarida, shuningdek, hududlararo hamkorlik rivojlanmoqda.

AQSh elchisi davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Amerika Qo`shma Shtatlari ikki tomonlama munosabatlarni izchil rivojlantirishga muhim ahamiyat qaratishi hamda mamlakatimiz bilan ko`p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga intilishi qat`iy ekanini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida mamlakatlarimiz o`rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo`shgan katta hissasi uchun AQShning Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen "Do`stlik" ordeni bilan taqdirlandi.

O`zA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1