1

Shavkat Mirziyoev Dushanbega yo`l olmoqda

Siyosat 26.09.2018, 09:35
Shavkat Mirziyoev Dushanbega yo`l olmoqda

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018-yil 27-28 sentyabr kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi rahbarlari kengashining Dushanbe shahrida bo`lib o`tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi, deb xabar qildi O`zbekiston TIV matbuot xizmati o`zining rasmiy sahifasida.

Sammit kun tartibidan turli sohalardagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning joriy holati va istiqbollariga doir keng ko`lamli masalalar o`rin olgan.

Shuningdek, davlat rahbarlari 2019 yilda MDHga raislik qiladigan davlatni, MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini o`tkazish joyi va muddatini belgilash masalasini ko`rib chiqadi, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashadi.

Majlis yakunida qator salmoqli hujjatlar, jumladan, MDHga a`zo mamlakatlar davlat rahbarlarining 1948 yil 10-dekabrdagi Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan bayonoti, 1941-1945 yillardagi Ulug` Vatan urushida qozonilgan G`alabaning 75 yilligiga tayyorgarlik ko`rish va uni nishonlash bo`yicha asosiy tadbirlar rejasi, 2019-2023 yillarga mo`ljallangan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha hamkorlikdagi sa`y-harakatlar davlatlararo dasturi, Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo`yicha hamkorlik to`g`risidagi bitim imzolanishi kutilmoqda.

O`zbekiston prezidentining tashrifi doirasida Dushanbe shahrida ikki tomonlama qator uchrashuvlar o`tkazish ham ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1