1

Dushanbeda Prezidentlar Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali ochib berishdi

Siyosat 27.09.2018, 12:35
Dushanbeda Prezidentlar Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali ochib berishdi

Prezident Shavkat Mirziyoev va Prezident Emomali Rahmon Dushanbe shahrida tashkil etilgan Nizomiddin Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog`iga tashrif buyurdi.

Mazkur park Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan. Farmoyishda tojik va o`zbek xalqlarining do`stligi ramzi sifatida bog` markaziga Nuriddin Abdurahmon Jomiy va Nizomiddin Alisher Navoiy haykali o`rnatilishi belgilangan. Haykal loyihasini yaratish bo`yicha tanlov o`tkazilgan.

Davlatimiz rahbarining tashrifi arafasida parkka buyuk mutafakkir shoirlar haykali o`rnatildi. 27 sentyabr kuni bu erga davlat va hukumat vakillari, adiblar, yoshlar jam bo`ldi.

Prezident matubot xizmati xabariga ko`ra, Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmon mazkur istirohat bog`i va haykalni tantanali ravishda ochdi. Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali poyiga gullar qo`ydi.

Tojikistonda shunday bog` va yodgorlik majmuasi ochilishini bu borada mamlakatimizda qilinayotgan ishlarning mantiqiy davomi deyish mumkin. Ma`lumki, joriy yil 7 mart kuni Samarqand shahrining Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog`ida Navoiy va Jomiy haykali o`rnatilgan edi. Yana bir e`tiborli jihati, bu park yonidagi ko`cha ham Abdurahmon Jomiy nomi bilan atalgan, Navoiy bog`i boshqa bir fors-tojik shoiri Abu Abdullo Rudakiy maydoni bilan tutashib ketgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1