1

Prezidentlar Tursunzoda shahriga tashrif buyurdi

Siyosat 27.09.2018, 14:16
Prezidentlar Tursunzoda shahriga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Prezident Emomali Rahmon hamrohligida Tojikistonning Tursunzoda shahriga tashrif buyurdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Shaharga kiraverishda minglab aholi jam bo`lib, davlatimiz rahbarini katta xursandchilik, tantana bilan kutib oldi. Milliy kuy-qo`shiqlar, raqslar ijro etildi.

O`zbekiston Prezidentining qo`shni davlatlar bilan ochiqlik, bag`rikenglik siyosati hamma tojikistonliklar qatori Tursunzoda aholisiga ham katta quvonch bag`ishlagan.

Shavkat Mirziyoevning joriy yil mart oyida Tojikistonga davlat tashrifi chog`ida imzolangan Davlat chegarasi bo`yicha shartnoma hamda Fuqarolarning o`zaro qatnovi to`g`risida bitim xalqlarimiz hayotida ulkan ahamiyatga ega bo`ldi. Chegaradan o`tkazish punktlari faoliyati qayta tiklangani, aholining bordi-keldisi uchun o`ttiz kungacha vizasiz tartib joriy etilgani, avtotransport va samolyotlar qatnovi yo`lga qo`yilgani odamlarga keng qulayliklar yaratmoqda.

Prezidentimiz “O`zi davlat nima uchun kerak? Odamlarga sharoit yaratish, xalqqa xizmat qilish uchun kerak” deya ko`p ta`kidlaydi. Bugun davlatimizning ichki va tashqi siyosati, jumladan, qo`shni mamlakatlar bilan munosabatlaridagi o`zgarishlar ana shu maqsadga xizmat qilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1