1

Shavkat Mirziyoev Tojikiston alyuminiy zavodiga tashrif buyurdi (foto)

Siyosat 27.09.2018, 14:55
Shavkat Mirziyoev Tojikiston alyuminiy zavodiga tashrif buyurdi (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoev Prezident Emomali Rahmon hamrohligida Tursunzoda shahridagi “Talko” davlat unitar korxonasi bilan tanishdi.

Ushbu zavod 1975 yilda qurilgan. 2007 yilda “Tojikiston alyuminiy kompaniyasi” davlat unitar korxonasiga aylantirilgan. Bugungi kunda “Talko” tog`-kon va kimyo-metallurgiya sohalarida ko`plab korxonalarni birlashtirgan.

Joriy yil iyul oyida O`zbekistonning «Krantas grupp» mas`uliyati cheklangan jamiyati bilan Tojikiston alyuminiy kompaniyasi hamkorligida «Talko-Krantas» maxsus texnikalar zavodi tashkil etildi. Mazkur qo`shma korxonada avtokranlar, traktor priseplari, yarimtirkamalar va boshqa maxsus texnikalar ishlab chiqariladi.


O`zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining tashrifi chog`ida ushbu istiqbolli loyiha taqdimoti o`tkazildi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston alyuminiy kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1