AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev tojikistonlik dehqonlarga Captiva sovg`a qildi (foto)

'Shavkat Mirziyoev tojikistonlik dehqonlarga Captiva sovg`a qildi (foto)'ning rasmi

O`zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Tursunzoda tumanidagi “Bog`i somon” dehqon xo`jaligiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xo`jalik rahbari Kamol hoji Madumarov asli oltiariqlik usta dehqon farzandi. U ota kasbini davom ettirib, qut-baraka, elda obro` topgan. Bugungi kunda xo`jalik uzumzori 500 gektarga etgan. O`nga yaqin navdagi shirin va hosildor uzumlar dovrug`i butun mintaqamizga taralgan.

Prezidentimiz uzumzor bog` va mahsulotlar omborini ko`zdan kechirdi. Shavkat Mirziyoev Kamol ota Madumarovga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan Captiva avtomashinasini sovg`a qildi.

Davlatimiz rahbari shu tumandagi «Vatan» dehqon xo`jaligida ham bo`lib, uning rahbari Ne`mat hoji Usmonovga yana bir avtomashina tuhfa etdi.

Boshqa yangiliklar