1

MDH sammitida ko`p tomonlama hujjatlar imzolandi

Siyosat 28.09.2018, 15:31
MDH sammitida ko`p tomonlama hujjatlar imzolandi

Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Davlat rahbarlari muzokaralarni keng doirada davom ettirdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Unda turli sohalarda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari, xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashildi.

Majlis yakunida MDHga a`zo mamlakatlar davlat rahbarlarining 1948 yil 10 dekabrdagi Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan bayonoti, Kosmosni tadqiq etish va tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik to`g`risida MDH konvensiyasi, 1941-1945 yillardagi Ulug` Vatan urushida qozonilgan G`alabaning 75 yilligiga tayyorgarlik ko`rish va uni nishonlash bo`yicha asosiy tadbirlar rejasi, 2019-2023 yillarga mo`ljallangan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha hamkorlikdagi sa`y-harakatlar davlatlararo dasturi, Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo`yicha hamkorlik to`g`risidagi bitim, 2021 yilni MDHda arxitektura va shaharsozlik yili deb e`lon qilish haqidagi kelishuv va boshqa hujjatlar imzolandi.

Hamdo`stligiga Turkmaniston raislik qiladigan bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1