1

Go`sht 43000, guruch 12000, pomidor 9000, tovuq go`shti 20000 so`m

Iqtisodiyot 03.10.2018, 16:17
Go`sht 43000, guruch 12000, pomidor 9000, tovuq go`shti 20000 so`m

Kuzatishlar mamlakatimiz bozorlarida tovuq go`shtining biroz qimmatlashganini ko`rsatmoqda.

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markaziy bozorlarida sotilayotgan (oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo`jalik) mahsulotlarning o`tgan haftadagi narxlarini e`lon qildi, deb xabar bermoqda O`zA.

Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq

xo`jaligi mahsulotlarining 2018 yil 30 sentyabr holatidagi narxlari

Mol go`shti

28 000 so`mdan 41 000 so`mgacha

d4a57e40_1fcc_4c7e_832b_f38075e3abd3_cx0_cy10_cw0_w1023_r1_s.jpg

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol go`shti 28 ming so`mdan 41 ming so`mgacha bo`lgan narxlarda sotilmoqda. Eng arzon narxlar bir oydan buyon Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilayotgan edi. Bu haftada ham mazkur bozordagi 1 kg. mol go`shtining narxi respublikadagi boshqa bozorlardan arzon bo`lsa-da, biroq 2 ming so`mga qimmatlashganini ko`rish mumkin. Oy mobaynida 26000 so`mdan sotilgan 1 kg. mol go`shti o`tgan haftada 28000 so`mga chiqdi.

Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida 1 kg. mol go`shti 28000 – 41000 so`m.

Respublikada 1 kg. mol go`shti 1 kg. mol go`shti 30000 so`mdan 40000 so`mgacha sotilmoqda.

Qo`y go`shti

28 000 so`mdan 43 000 so`mgacha

15ed8d8d_8cee_41e0_9432_40e557dd2162_w1023_r1_s.jpg

Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida bir necha haftadan buyon qimmat narx saqlanib kelmoqda – 1 kg. qo`y go`shti 40000 so`mdan 43000 so`m.

Eng arzon narxlarni poytaxtning “Qo`yliq”, “Mirobod”, “Chorsu”, “Farhod” bozorlarida uchratish mumkin – 1 kg. qo`y go`shti narxi 28000 – 39000 so`m.

Tovuq go`shti

12 000 so`mdan 20 000 so`mgacha

9255f1ea211f0420f24e0d9bb2df9f51_720x480.jpg

Kuzatishlar mamlakatimiz bozorlarida tovuq go`shtining biroz qimmatlashganini ko`rsatmoqda. Masalan, o`tgan tahlillarimizda eng arzon tovuq go`shti Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida (11000-12000 so`m) sotilayotgani aytilgan edi. Ayni paytda mazkur bozordagi ushbu mahsulotning narxi 13000 – 16000 so`m.

Eng qimmat narx bu haftada ham Farg`ona markaziy dehqon bozorida – 17000 – 20000 so`m. Poytaxt bozorlarida 1 kg. tovuq go`shti o`rtacha 16000 so`mdan iste`molchilarga etkazib berilmoqda.

Guruch

4 200 so`mdan 13 000 so`mgacha

ris_devzira_2_4_lazer.jpg

Respublika bozorlarida guruchni o`rtacha narxda 5000-10000 so`mgacha uchratish mumkin. Biroq, bir necha haftadan buyon Farg`ona markaziy dehqon bozorida guruch narxi qimmatligicha qolmoqda. Masalan, o`tgan oyning boshida ushbu bozorda 1 kg. guruch 5500-12500 so`mdan, oy o`rtasida 5000 – 15000 so`m, o`tgan haftada esa 5000 – 13000 so`mdan sotilmoqda.

Eng arzon narx Farhod dehqon bozorida – 4000 – 10500 so`m.

O`simlik yog`i

8 000 so`mdan 12 000 so`mgacha

fe6ddc67a20b6100053ad6be91646d72.jpg

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. o`simlik yog`i 8000-12000 so`mdan sotilmoqda.

Eng arzon narxlar Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 8000-10500 so`m.

Eng qimmat narxlar Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida – 11000-12000 so`m.

Un

1 500 so`mdan 4 500 so`mgacha

1_1.jpg

Eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. 1-navli un 1500 so`mdan 2000 so`mgacha.

Eng qimmat narx Samarqand shahri "Siyob" bozorida – 4500 – 4000 so`m.

Shakar

4 100 so`mdan 5 500 so`mgacha

2018_05_08_171720_36c09f33c.jpg

Eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 5000-5500 so`m.

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozorida – 4100 – 4750 so`m.

Tuxum

300 so`mdan 600 so`mgacha

eggs_1.jpg

Respublikaning aksariyat bozorlarida 1 dona tovuq tuxumi o`rtacha 400-500 so`mdan sotilmoqda. Ushbu mahsulotning eng arzon, ham eng qimmat narxini Yunusobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da uchratish mumkin – 300-600 so`m.

Kartoshka

1 300 so`mdan 2 500 so`mgacha

kartoshka.jpg

Kartoshka mamlakatimiz bozorlarida o`rtacha 1500 – 2000 so`mdan sotilmoqda.

Kuzatishlarda Qo`yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da ushbu mahsulot 1300 so`mdan 2500 so`mgacha sotilayotgani ma`lum bo`ldi.

Pomidor

2 500 so`mdan 9 000 so`mgacha

bez_nazvaniya.jpg

Oldingi haftada kuzatilgani kabi bu haftada ham mamlakat bozorlarida ayni mavsum bo`lishiga qaramay pomidor narxi qimmatligicha saqlanib qolmoqda. O`rtacha ushbu mahsulot 3000-5000 so`mda sotilmoqda.

Eng arzon narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 2500 – 4000 so`m.

Eng qimmat narx Yunusobod dehqon bozorida – 3000 – 9000 so`m.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1