1

Moliya vazirligi yilning III choragida qancha mablag` o`zlashtirilganligi va noto`g`ri sarflanganligi haqida ma`lumot berdi

Iqtisodiyot 08.10.2018, 15:01
Moliya vazirligi yilning III choragida qancha mablag` o`zlashtirilganligi va  noto`g`ri sarflanganligi haqida ma`lumot berdi

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018 yilning 3-choragida hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari hamda jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida byudjet tashkilotlarida jami 1 334 ta davlat moliyaviy nazorati tadbirlari o`tkazildi, deb xabar bermoqda Moliya vazirligi.

O`tkazilgan nazorat tadbirlaridan 1 111 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag`lar 16,6 mlrd so`mni, shundan kamomad va o`zlashtirishlar 4,5 mlrd so`mni, noqonuniy xarajatlar 12,1 mlrd so`mni tashkil etdi.

Nazorat tadbirlarini o`tkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan ko`rsatmalarga asosan aniqlangan 11,2 mlrd so`m miqdoridagi noto`g`ri sarflangan mablag`lar belgilangan tartibda tiklanishi ta`minlandi hamda 710 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Shuningdek, hisobot davrida byudjet intizomini buzgan byudjet tashkilotlarining 20 nafar rahbar va mansabdor shaxslari 13,9 mln so`m miqdorida ma`muriy javobgarlikka tortildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1