1

Bu O`zbekiston terma jamoasimi?!

Sport 15.10.2014, 18:43
Bu O`zbekiston terma jamoasimi?!

Nihoyat O`zbekistonning bugungi o`yini orqali salobatli milliy terma jamoani ko`rishga muvaffaq bo`ldik. Qatar bilan o`yindagi yirik mag`lubiyat, Bahrayn bilan nursiz durangdan keyin vakillarimizdan hech kim bunday o`yin va natija kutmagandi, ayniqsa, BAA terma jamoasiga qarshi safardagi o`yinda.
Mirjalol Qosimov nihoyat aqlli ishga qo`l urdi. Tarkibimizda yuqori saviyali futbolchilari — Server Jeparov, Odil Ahmedov, Temur Kapadze, Aziz Haydarov kabi futbolchilarning imkoniyatlaridan endi unumli foydalandik. Aslida markazda shunday o`yinchilarga ega bo`la turib, faqat qanotlar orqali o`ynayverish noto`g`ri edi.
Mayli, o`yin tempi yuqori bo`lmadi, ammo bexato va aniq o`ynashga intilishdi futbolchilarimiz. Bugun gol o`tkazmagan bo`lsak-da, himoyada baribir muammolar borligi ko`zga tashlandi. BAAga qarshi o`yinda termamizda jamoaviy pressing elementlari ko`zga tashlashdi. Xullas, aqlli va tartibli o`yin, to`p nazorati, pressing va imkoniyatlardan foydalanish — yirik g`alabamizning omili bo`lib xizmat qildi.
O`yinning 30-daqiqasida hisobni ochdik. Mullajonov markazdan o`ng qanotga Jeparovga to`p uzatdi, Server o`z navbatida jarima maydonchasiga oshirdi, bu erda hozir bo`lgan Temur Kopadze boshi bilan darvozani ishg`ol qildi.
Ikkinchi gol paytida esa qarshi hujumda juda zo`r harakat qildik. Odil Ahmedov o`ng qanotga Tursunovga to`p oshirdi, Sanjar jarima maydonchasi ichiga kirib kelayotgan Vohid Shodievga uzatdi. Ammo to`p Shodievga etib kelmadi, BAA himoyachisi Muhammad G`arib o`z darvozasiga joylab qo`ydi.
Ikkinchi bo`limda ham BAA terma jamoasi o`z o`yinini topa olmay qiynaldi. Yigitlar o`yinni nazorat qilishdi. Shoshilishmadi, ammo raqibni rosa qiynashdi. Ikkinchi bo`lim o`rtasida kiritilgan uchinchi golimizda bir necha nafar futbolchimiz ishtirok etdi. Odil chap qanotdan to`pni jarima maydonchasi ichida turgan Shodievga uzatdi. Vohid oldidagi bir himoyachini aldab o`tdi va darvoza yaqiniga borib, to`pni orqaroqqa uzatdi. Tursunovning zarbasini himoyachi darvoza chizig`i ustidan qaytardi. Qaytgan to`pni Jeparov darvozaga yo`lladi. Chiroyli kombinasiya.
O`yin taqdiri hal bo`lganidan keyin Qosimov birdaniga 6 nafar o`zgarishga qo`l urdi. Maydonga tushgan futbolchilar o`yin tempini buzib qo`yishmadi. Bir necha vaziyatlardan foydalana olmagan Navruz Alimov o`yinga qo`shib berilgan daqiqalarda 20 metrlardan chiroyli zarba bilan hisobni 0:4 ko`rinishiga keltirdi. Ajoyib g`alaba!
Shu paytgacha BAA terma jamoasi bilan 14 marta o`ynagan bo`lsak, atigi 2 marta g`alaba qozongandik. O`sha g`alabalar ham bir to`p farqi bilan bo`lgandi. Uchinchi g`alabada esa noqulay raqib darvozasini 4 marta ishg`ol qildik.
Xalqaro o`rtoqlik uchrashuvi
BIRLAShGAN ARAB AMIRLIKLARI - O`ZBEKISTON - 0:4 (0:2)
Gollar: Temur Kapadze (30), Muhammad G`arib (45+2-avtogol), Server Jeparov (68), Navruz Alimov (90+3)
BAA: Muhammad Holid, Solih Habush, Ali Ahmad, Ismoil Hamdam, Favzi Muhammad, Hamis Mahmud, Ahmad Halil, Salim Ismoil, Ahmad Muhammad, Amir Abdurahmon, Ismoil Zayid
O`zbekiston: Eldorbek Suyunov, Shavkat Mullajonov, Shuhrat Muhammadiev (Akmal Shorahmedov 84), Anzur Ismoilov (Egor Krimes 78), Farrux Sayfiev (Salim Mustafoev 84), Sanjar Tursunov (Igor Sergeev 78), Aziz Haydarov, Odil Ahmedov (Sardor Rashidov 84), Temur Kapadze (Navruz Alimov 78), Server Jeparov , Vohid Shodiev.

Manba: www.stadion.uz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1