Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga maktub yo`lladi. Maktub matni «O`zA»da e`lon qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident janoblari!
Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 69 yilligi munosabati bilan yo`llagan samimiy tabrigingiz uchun Sizga chuqur minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.
Joriy yil boshidan Xitoy va O`zbekiston o`rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida ijobiy tendensiya davom etib, o`zaro siyosiy ishonch muttasil mustahkamlanib bormoqda. «Bir makon, bir yo`l» tashabbusini birgalikda ro`yobga chiqarishda yangi muvaffaqiyatlarga erishildi, xalqlarimiz o`rtasidagi o`zaro anglashuv va do`stlik izchil mustahkamlanmoqda. Siz bilan Sindao shahrida ShHT sammiti doirasidagi uchrashuvimizni tez-tez eslayman, ushbu uchrashuvdan so`ng ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish bo`yicha biz qabul qilgan yangi rejalar bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilmoqda.
Men Xitoy – O`zbekiston aloqalarini rivojlantirishga alohida e`tibor qarataman, o`rtamizda shakllangan amaliy munosabatlar va shaxsiy do`stlikni yuksak qadrlayman. Xitoy va O`zbekiston o`rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo`lida izchil rivojlantirishni rag`batlantirish maqsadida bundan buyon ham Siz bilan yaqindan hamkorlikni davom ettirishga umid qilaman.
Sizga mustahkam sog`lik, baxt-saodat, O`zbekiston xalqi farovonligi yo`lidagi olijanob faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman, deyiladi Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin maktubida.






