1

Qashqadaryoda 25 yil davomida soxta diplomlar bilan ishlab kelgan o`qituvchilar aniqlandi

Jinoyat 24.10.2018, 10:29
Qashqadaryoda 25 yil davomida soxta diplomlar bilan ishlab kelgan o`qituvchilar aniqlandi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qashqadaryo viloyati Mirishkor tuman bo`limi tomonidan tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Tekshiruv davomida o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, fuqarolar S.G. va B.A.lar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan berilgan diplomlarining qalbaki ekanligini oldindan bila turib, fuqaro S.G. tumandagi 8-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida 1993 yildan 2018 yilga qadar boshlang`ich sinflar o`qituvchisi va fuqaro B.A. 9-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida 1997 yildan 2018 yilga qadar jismoniy tarbiya o`qituvchisi bo`lib ishlab kelganliklari aniqlangan.

Tekshirish davomida fuqarolar S.G. va B.A.larga qalbaki diplomlarni yuqoridagi oliygohda o`qituvchi bo`lib ishlagan X.Z. ismli shaxs tayyorlab berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1