1

138 ta notarius lavozimiga tanlov e`lon qilindi

Jamiyat 30.10.2018, 17:51
138 ta notarius lavozimiga tanlov e`lon qilindi

Adliya vazirligi respublika bo`yicha 138 ta yangi ta`sis etilgan notarius shtat birliklariga tanlov e`lon qilgani haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.

Jumladan, Toshkent shahrida – 28 ta, Toshkent viloyatida – 17 ta, Samarqandda – 15 ta, Farg`onada – 13 ta, Surxondaryoda – 12 ta, Andijon, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida – 9 tadan, Buxoro va Jizzax viloyatlarida – 6 tadan, Navoiyda – 5 ta, Namanganda – 4 ta, Qoraqalpog`iston Respublikasida – 3 ta hamda Sirdaryo viloyatida – 2 ta bo`sh notarius lavozimiga tanlov o`tkaziladi.

Tanlovda yigirma besh yoshdan kichik bo`lmagan, oliy yuridik ma`lumotga, yuridik mutaxassislik bo`yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo`lgan, shu jumladan, notarial idorada kamida bir yil stajirovka o`tagan, malaka imtihonini topshirgan O`zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Shuningdek, qonunchilikka kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bog`liq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar stajirovka o`tmasdan tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Bugungi kunda notariuslar oylik lavozim maoshlari (barcha ustamalar va pullik xizmatlardan kelib tushadigan daromadlar bilan hisoblaganda, soliqlar to`langandan so`ng) 4 million so`mni tashkil etmoqda. Bu ko`rsatgich Toshkent shahrida 6 million so`mni, Samarqand viloyatida 4 million so`mni, Farg`ona viloyatida 4,5 million so`mni tashkil etmoqda. Ushbu maosh miqdori notarial idora tomonidan ko`rsatilgan xizmatlar hajmida kelib chiqib yanada ko`proq bo`lishi ham mumkin.

Tanlovda ishtirok etish shartlari bilan www.adliya.uz va www.insonvaqonun.uz rasmiy veb-saytlari orqali tanishishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1