Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy boshchiligidagi delegasiya 2 noyabr kuni Buxoroga keldi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Rossiya Federasiyasi Davlat dumasi federal majlisi deputatlaridan iborat mehmonlarni Buxoro xalqaro aeroportida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev, Buxoro viloyati hokimi O`ktam Barnoev va keng jamoatchilik vakillari kutib oldi.
Kunning ikkinchi yarmida Rossiya delegasiyasi a`zolari Buxoroning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladi. Xususan, Ark qal`asida bo`lib, bu erda joylashgan Buxoro davlat badiiy me`morchilik muzey-qo`riqxonasi va uning tasarrufidagi «Sitorai Mohi Xosa» xalq amaliy bezak san`ati muzeyi, shuningdek, boshqa ko`plab tarixiy obidalar, hunarmandchilik markazlari faoliyati bilan tanishadi.






