1

Maradonanadan qiziqarli 15 ta iqtibos

Sport 20.10.2014, 16:41
Maradonanadan qiziqarli 15 ta iqtibos

Futbol qiroli nomi uchun Pele bilan talashib keladigan Maradona doim o`zining qiziqarli fikrlari bilan omma e`tiborini o`ziga qaratib kelgan. Biz to`plagan ma`lumotlarimiz asosida uning 15 ta eng sara fikrlar to`plamini sizga taqdim etamiz.
- Men to`laqonli erkakman. Lekin Chavesni sevib qolganim rost (Venesuela prezidenti Ugo Chaves bilan uchrashuvdan keyin).
- U erda o`zlarini Robinzon Kruzo, deb hisoblaydigan kishilar tashrif buyurishadi. Men Maradonaman desam, ular baribir ishonishmadi (ruxiy xastaliklar shifoxanasida o`tkazgan kunlari xususida).
- Peleni muzeyga topshirish kerak.
- Bunday lahzalarda yuragim shu qadar bezovta uradiki, faqat Juliya Roberts og`ushida tuyish mumkin («Boka Xuniors» o`yinlarini kuzatib, 2006-yil).
- Ular meni pul to`lashga majbur etishlari mumkin. Lekin hech qachon uni sevishga majbur qilolmaydilar ( 6 yoshli o`g`li uchun nafaqa to`lashi to`g`risidagi sud qarorini eshitgach, 1991-yil).
- O`shanda meni «ilohiy qo`l» deb atashdi. Bularning hammasi bekorchi gap. Bu - Diego qo`lining ishi edi (1986 yilgi «ilohiy gol» haqida, 2004-yil).
- Odamlar menga xuddi Xudoga ishongandek ishonishadi. Men esa ularga halaqit berishni istamayman (e`tiqodi haqida).
- Boliviyaliklarning urgan har bir goli - yuragimga qadalgan tikondek bo`lib tuyuldi. Bu mag`lubiyatni hali-veri unuta olmasam kerak ( Boliviyadan uchralgan 1:6 hisobidagi mag`lubiyatdan so`ng).
- Men sehrgar emasman. Shunchaki, fioritolik Diegoman. Sehrlar esa o`sha Fioritoda yashaydigan kishilar. Chunki oyiga 1000 peso bilan yashash - bu haqiqiy sehrgarlik ( o`zi o`sib-ulg`aygan, kambag`al rayon haqida).
- Men giyohvand edim, hozir ham shunday, keyin ham o`zgarmayman (giyohvand moddalarga bog`lanib qolgani haqida).
- Hayotimdagi eng yomon kunlar ortda qoldi. Men ko`rinmas tubsizlikda edim, u erdan qizlarim chiqarib olishdi. Endi har tongda men uchun yangi kun boshlanadi (narkotika ustidan g`alaba haqida).
- Qo`lingdan keladigan barcha hunaringni ishga sol. Shunda hurmat ham, shon-shuhrat ham seniki bo`ladi. Raqibning jarima maydonchasi ichida kerak bo`lsa 100 marta yiqil, senga nafrat bilan qarashsa parvo qilma. Chunki, shu yo`l bilan hech bo`lmaganda 2 ta penalti ishlashing mumkin.
- Sening oyoqlaring nihoyatda go`zal. Ularga hatto mening 1986 yildagi oyoqlarim ham tenglasholmaydi (raqqosa Gabriela Figeroaga luqma).
- Giyohvand kishini nazorat ostiga olish mumkin emas. Negaki bu – narkotika va u sening emas, sen uning qulisan. Kimki «Maradona giyohvandlikdan qutulibdi» desa, u yolg`onchi o`zini richard Gir o`rnida ko`radi (davolanish kurslariga kirishdan oldin).
- Agar u chindan ham shunday degan bo`lsa, vaqtni boy bermasdan ruhiy xastaliklar shifokoriga murojaat qilsin. (Pele JCh-86 da o`ynash niyatida ekanligini bosh murabbiy Santanaga bildirgani haqida).

Manba: www.furkat.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1