AsosiySiyosat

Kelgusi yili Janubiy Koreya Prezidentining O`zbekistonga tashrifi kutilmoqda

'Kelgusi yili Janubiy Koreya Prezidentining O`zbekistonga tashrifi kutilmoqda'ning rasmi

2019 yilda O`zbekistonga Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In tashrif buyuradi. Bu haqda O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov Seulda o`tgan "Koreya-Osiyo 2018 forumi" xalqaro anjumanida ma`lum qildi, deb yozmoqda "Xalq so`zi" nashri.

Norovning aytishicha, Janubiy Koreya Prezidenti tashrifiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida Toshkentda 29-30 noyabr kunlari Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti Shimoliy iqtisodiy siyosat qo`mitasi va Xanyang universiteti bilan O`zbekiston-Koreya: seminari o`tkaziladi.

"Toshkent va Seul o`rtasidagi siyosiy ishonch va o`zaro tushunishning yuqori ekani kelgusida ham mamlakatlarimiz o`rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning o`tgan yil noyabr oyida Koreya Respublikasiga qilgan davlat tashrifi strategik sheriklikni har tomonlama chuqurlashtirish va iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda 10 milliard dollardan ziyod shartnomalar imzolangan Qo`shma bayonotning qabul qilinishi xalqaro kuzatuvchilarning ham e`tirofiga sazovor bo`ldi.

Xuddi shu sabab bilan mamlakatimizda Koreya Respublikasi Prezidentining O`zbekistonga javob tashrifini eng yuqori darajada tashkillashtirish bo`yicha barcha zarur sa`y-harakatlar amalga oshirilmoqda", - deya Norovning bayonotidan keltiradi SMTI matbuot xizmati.

Noyabr oyi oxirida tashkil qilinadigan seminar davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil noyabr oyida Janubiy Koreyaga davlat tashrifini amalga oshirgandi.

    Boshqa yangiliklar