1

"Erim qizimga begonaligini bildirib qo`yyapti..."

SUG'DIYONA 10.11.2018, 16:48
"Erim qizimga begonaligini bildirib qo`yyapti..."

“18 yil davomida farzandimiz bo`lishini orziqib kutdik. Ammo nasib qilmagan ekan, erimga bola tug`ib berolmadim. Farzand asrab olishga qaror qildik. Qizimni birinchi bor bag`rimga bosganimda o`zimda yo`q xursand edim. Shu kungacha erim ham uni yaxshi ko`rar, uning kelajagi bilan bo`g`liq orzularga berilardi. Biroq qizim olti oylik bo`ganidan boshlab tashqi ko`rinishi o`zgara boshladi, aniqrog`i turmush o`rtog`im qizim bizga o`xshamayotganidan siqilyapti. Ba`zan ichib kelib, o`g`il tug`ib berasan, deb yaramni yangilaydi. Men bolani o`zimnikidek ko`raman, turmush o`rtog`im ham shunday yaxshi ko`rib qolishi uchun nima qilishim mumkin?”

Jamila, Toshkent viloyati

TO`TI AYaDAN 4 MASLAHAT

  • Bunday mushkul vaziyatda ayolga ikki hissa qiyinroq bo`ladi. Siz bola va ota o`rtasida bog`lovchi ko`priksiz, shuning uchun aql bilan, farosat bilan ish ko`ring.
  • Asosiy urg`uni kelajakka qarating.
  • Shu bola birgalikdagi orzu umidlaringizni ro`yobga chiqaruvchi, otasining ishlarini davomchisi bo`lishini bot-bot takrorlayvering.
  • Bola hamma narsani xis qiladi. Shunga jazm qilib qaror qabul qilgan ekansiz, bola haqida o`ylang. U siz uchun begona emasligini payqamasin.

MIRABBOS OTADAN 3 MASLAHAT

  • Bola asrab olishga aqlan qaror qilgan ekansizlar, uning tashqi ko`rinishi sizga o`xshamasligini ham anglashingiz kerak emasmi? Shunday ekan bu mavzuda ko`p qayg`urmang. Turmush o`rtog`ingizga, “Tashqi ko`rinishi o`xshamasa ham fe`l atvori, qiliqlari huddi o`zingizga o`xshaydi” debta`kidlab turing.
  • Qarindosh urug`laringizni, yaqinlaringizga yig`ilganda, turli yig`inlaru tadbirlarda dadasini harakatlarini takrorlayapti, deb hammaning oldida otasiga qiyoslang.
  • Nazarimda, bunday vaziyatlarni biroz yumshatish siz ayollarningvazifangiz. Shunday ekan eringizni hovuridan tushurishga harakat qilib ko`ring.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1