AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoyeva sudyalar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan Alisher Usmonovni Oliy sud raisi tabrikladi.

'Saida Mirziyoyeva sudyalar bilan uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

Kecha, 9 sentabr kuni Saida Mirziyoyeva sudyalar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yozdi.

“Oliy sud binosida mamlakatimiz sudyalar hamjamiyati bilan konstruktiv uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda barcha darajadagi rahbarlar va sudyalar ishtirok etdi”, — deya yozgan Saida Mirziyoyeva.

Shuningdek, u Prezident Administratsiyasi oldiga qo‘yilgan beshta ustuvor vazifada sud islohoti muhim o‘rin tutishini, sakkiz yil davomida davlat rahbarining tashabbusi bilan odil sudlov sohasidagi eng namunali xorijiy tajribani o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilganini bildiradi.

“Prezidentimizning sud tizimini sun’iy intellekt asosida raqamlashtirish, sudlarga yengillik yaratish maqsadida nizosiz masalalarni notariuslarga o‘tkazish, sudyalarni tayyorlashni takomillashtirish to‘g‘risida yaqinda qabul qilingan farmonlari haqida so‘z yuritdik. Bu sohada eskirgan ta’lim tizimining o‘rnini egallaydigan Odil sudlov akademiyasi tashkil etildi”,— deya qo‘shimcha qildi u.

Bundan tashqari, Saida Mirziyoyeva Alisher Atahanovich Usmonovni Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan bilan tabrikladi.

    Boshqa yangiliklar