AsosiyJamiyat

Vodiyda ilon va tipratikandan shoʻrva tayyorlab sotayotganlar qoʻlga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi munosabat bildirdi.

'Vodiyda ilon va tipratikandan shoʻrva tayyorlab sotayotganlar qoʻlga olindi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida ilon va tipratikandan sho‘rva tayyorlab satilayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, holat Ekologiya boshqarmasi va 1-mintaqaviy Patrul-post xizmati xodimlari tomonidan o‘rganilgan. 

Natijada, Oltiariq tumanining “Zilha” MFY hamda Buvayda tumanining “Boston buvo” MFY hududlaridagi qum barxanlarida fuqarolar tomonidan tipratikan hamda ilon noqonuniy saqlanib, sho‘rva tayyorlab satilayotgani aniqlangan.

“Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborildi”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar