AsosiyJamiyat

Endi Oʻzbekistonda ham mashina raqami oʻrniga ism yozdirib qoʻysa boʻladi

Qadrdon do‘stlar, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar barvaqt meva bermoqda.

'Endi Oʻzbekistonda ham mashina raqami oʻrniga ism yozdirib qoʻysa boʻladi'ning rasmi

Endi Oʻzbekistonda ham ismni mashinaga raqam qilib qoʻysa boʻladi. Bu haqda Hukumat qarori (562-son, 04.09.2025) qabul qilindi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab "Uzavtomotobelgi" davlat unitar korxonasiga aholining talab va taklifidan kelib chiqqan holda avtomototransport vositalari uchun oltitagacha harf va (yoki) raqamlar kombinatsiyasidan iborat boʻlgan "noyob" davlat raqami belgilarini ochiq kim oshdi elektron savdolarini oʻtkazish orqali berish huquqi berildi.

Bunda "noyob" davlat raqami belgilari amaldagi davlat raqami belgilarini takrorlamasligi, qonunchilikka va axloqiy normalarga xilof maʼnoga ega boʻlmasligi kerak.

Masalan, endi koʻchalarda "SARVAR", "AZIZA", "ODIL" yoki "BUXORO" deb yozilgan raqamli mashinalarni koʻrishimiz mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:27

    '44 yoshli o‘zbekistonlik Tataristonda og‘ir kasallikka chalindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:22

    44 yoshli o‘zbekistonlik Tataristonda og‘ir kasallikka chalindi

    Масъуллардан кўмак сўраган ушбу фуқаро ватанга қайтарилди.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:23

    'Toshkentda tez yordam mashinasi Audi avtomobili bilan toʻqnashib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:11

    Toshkentda tez yordam mashinasi Audi avtomobili bilan toʻqnashib ketdi

    YTH oqibatida tez yordam mashinasi agʻdarilib ketgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:21

    'Vodiyda ilon va tipratikandan shoʻrva tayyorlab sotayotganlar qoʻlga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 05.09.2025 17:27

    Vodiyda ilon va tipratikandan shoʻrva tayyorlab sotayotganlar qoʻlga olindi

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi munosabat bildirdi.