AsosiySiyosat

Joriy yildan oliygohlari kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib qabul kvotalarini shakllantiradi

Mutasadidlarga yil yakunigacha yangi agentlik bilan birgalikda korxonalar uchun kerakli kasb kesimida standart va talablarni ishlab chiqish topshirildi.

'Joriy yildan oliygohlari kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib qabul kvotalarini shakllantiradi'ning rasmi

Bugun, 9 sentabr kuni Prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektorda oliygohlarda qabul kvotalarini investitsiya loyihalarida kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib shakllantirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi haqida so‘z bordi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, endilikda investor buyurtmasi bilan texnikumlarda ham kadrlar maqsadli tayyorlanadi. Investor so‘roviga asosan texnikumdagi ta’lim dasturlarini 30 foizgacha o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.

Texnikum bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘lgan korxonalarga imtiyozli kredit ajratiladi.

Shu bilan birga, tarmoq uyushmalari o‘zlariga a’zo ish beruvchilarning malaka talablarini tayyorlab bera olmayotgani, oqibatda korxona ham zarar ko‘rayotgani, texnikumlar ham nimani o‘qitishni bilmayotgani bo‘yicha e’tiroz bildirildi.

Mutasadddi larga yil yakunigacha yangi agentlik bilan birgalikda tarmoqlardagi korxonalar uchun kerakli kasblar kesimida standart va talablarni ishlab chiqish topshirildi.

Yig‘ilish davomida soha va hududlar mas’ullarining hisobotlari tinglandi, ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan muloqot qilindi.

    Boshqa yangiliklar