AsosiySiyosat

Kasbiy ta'lim agentligi tashkil qilinadi

Yangi agentlik bitiruvchilarni kasbiy ta'lim bilan qamrab olinishini nazorat qiladi.

'Kasbiy ta'lim agentligi tashkil qilinadi'ning rasmi

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektorda mutasaddidlar zimmasiga viloyat va tuman hokimlari bilan birgalikda Prezident va ixtisoslashgan maktabda ortirilgan tajriba asosida joriy yilda 598 ta texnikumga xalqaro standart bo‘yicha zamonaviy kasbga o‘qitish muhitini olib kirish vazifasi qo‘yilgan. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, umuman, viloyat va tuman hokimlariga kelgusi o‘quv yilida 9-sinf bitiruvchilarining kamida 50 foizini, hozirgiga qo‘shimcha yana 200 ming o‘quvchini texnikumga qamrab olish topshirilgan.

Bu ishlarni yagona siyosat asosida olib borish uchun Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinadi.

    Boshqa yangiliklar