Senatning 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida Oliy sud rahbariyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Unga ko‘ra, Ikrom To‘xtamurodovich Muslimov Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari — Sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi.
Ushbu lavozimga Alisher Otaxonovich Usmonov 5 yil muddatga saylandi. U bundan buyon Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib boradi.
Shuningdek, Senat qaroriga muvofiq, Nodira Jalolovna Hakimova ham Oliy sud sud’yasi lavozimidan ozod etildi. U iyul oyida Prezident administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan edi.