1

"ManSiti" murabbiyi Pellegrini: tomoshabinlarsiz o`ynashga o`rganmaganmiz

Sport 21.10.2014, 13:06
"ManSiti" murabbiyi Pellegrini: tomoshabinlarsiz o`ynashga o`rganmaganmiz

Angliya futbol klubi “Manchester Siti” murabbiy Manuel Pellegrini "Arene-Ximki" maydoni haqida o`z noroziligini bildirmadi.

Eslatib o`tamiz, uning jamoasi bugun Evropa chemipionlar ligasi doirasida Moskvaning SSKA klubiga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, u uchrashuv tomoshabinlarsiz o`tishidan afsusda ekanligini ma`lum qildi.

“O`ylaymanki, Ximkidagi maydon ayni paytda yaxshi. Maydon juda ajoyib bo`lmasligi mumkin, ammo o`tgan yilgiga qaraganda ancha yaxshi. Albatta, u erda o`ynash qiyin bo`ladi,  biroq bizning maydonga noroziligimiz yo`q”, - deydi Pellegrini.

Mutaxassis uchrashuvning tomoshabinlarsiz o`tishi har ikki jamoa uchun ham muammo ekanligini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1