Prezident Shavkat Mirziyoуev 15 noyabr kuni Nukusga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoуevning rahbarlik faoliyatida o`ziga xos imiji, hayotiy prinsiplari bor. Bular – xalq ichiga kirib, odamlar hayotini bevosita ko`zdan kechirish, ular bilan muloqot qilib, talab va istaklarini eshitish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan joyida tanishib, dolzarb masalalarni hal qilish, istiqbolga mo`ljallangan vazifalarni belgilab berish.
Shuning uchun davlatimiz rahbari mamlakatimiz hududlariga tez-tez safar qiladi. Shunday safarlarning navbatdagi bosqichi boshlanmoqda.
Bu gal ham ilk manzil Qoraqalpog`iston.






