AsosiySiyosat

O`zbekiston DXX raisi Qirg`izistondagi uchrashuvda ishtirok etdi

'O`zbekiston DXX raisi Qirg`izistondagi uchrashuvda ishtirok etdi'ning rasmi

14 noyabr kuni, Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov an`anaviy tarzda o`tkaziladigan Konferensiyaning 21-yig`ilishi ishtirokchilarini qabul qildi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Unda turkiy tilli davlatlarning xavfsizlik xizmati idoralari rahbarlarini ishtirok etdi.

"Biz qardosh va birodar xalqlarmiz, xavfsizlik masalasida har yili o`tkaziladigan 20 yillik aloqalarni o`rnatib kelayapmiz. Siz aloqalarni kuchaytiring va mustahkamlang, tajriba almashing va milliy, hududiy, global muammolarni birgalikda muhokama qiling", - deya so`z boshladi Prezident Sooronbay Jeenbekov.

Shuningdek, davlat rahbarlarining xafvsizlik xizmatlari borasidagi hamkorlikka e`tibor qaratayotganini va bu xalqlar tinchligini ta`minlashini alohida ta`kidladi.

Uchrashuv davomida aholining tinch va osoyishta hayot kechirishi, kelajakka umid bilan yashashi, farzandlarning ta`lim va tarbiya olishi yo`liga g`ov bo`lishi mumkin bo`lgan tahdid hamda harakatlarga qarshi birgalikda kurashishga kelishib olindi.

Qirg`iziston Respublikasi Xavfsizlik xizmati rahbari Idris Qodirqulov bu Konferensiya maqsadi va vazifalari nimalardan iborat ekanligini qolgan ishtirokchilarga tanishtirib o`tdi. Keyingi uchrashuv Qirg`izistondan keyin Ozarbayjonda bo`lishi kelishib olindi.

Uchrashuvda, O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullaev, Ozarbayjon DXX raisi Madat Guliev, Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari Orxan Sultanov, Qozog`iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo`mitasi raisining o`rinbosari Nurgali Bilisbekov, Qozog`iston Tashqi razvedka xizmati direktori Isatay Sirtaev, Qirg`iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi raisi Idris Qodirqulov ishtirok etdilar.

    Boshqa yangiliklar