AsosiySiyosat

Qoraqalpog`iston yalpi hududiy mahsulotida sanoatning ulushi 41 foizga etdi

'Qoraqalpog`iston yalpi hududiy mahsulotida sanoatning ulushi 41 foizga etdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida Nukus shahrida bo`lib o`tgan uchrashuvda Qoraqalpog`iston iqtisodiyotini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Investisiya muhiti yaxshilangani, zarur shart-sharoitlar yaratilgani natijasida keyingi ikki yilda Qoraqalpog`iston yalpi hududiy mahsulotida sanoatning ulushi 36 foizdan 41 foizga oshgani qayd etildi.

Hunarmandlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash bo`yicha ko`rilgan chora-tadbirlar samarasida ularning soni yil boshidagi 460 tadan 1 ming 480 nafarga ko`paygani ta`kidlandi.

Davlatimiz rahbari ko`proq ish o`rinlari yaratish, buning uchun yangi korxonalar tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish bo`yicha topshiriqlar berdi.

2019-2020 yillarda Qoraqalpog`istonda sanoat, xizmat ko`rsatish va qishloq xo`jaligi sohalarini rivojlantirish bo`yicha 1 ming 18 ta investisiya loyihasi ishlab chiqilgan. Bu maqsadlar uchun 11 trillion so`m, jumladan, 895 million dollar to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalar yo`naltirish rejalashtirilgan.

Masalan, kelgusi yili Qorao`zak tumanida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda yiliga 3,4 million tonna sement ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlanadi. Mo`ynoq tumanida baliqni konservalash, Taxiatosh tumanida makkajo`xorini qayta ishlash va qog`oz ishlab chiqarish korxonalari tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar