AsosiySiyosat

Maykl Myoller O`zbekiston hududiy siyosatini qo`llab-quvvatladi

'Maykl Myoller O`zbekiston hududiy siyosatini qo`llab-quvvatladi'ning rasmi

BMT Bosh kotibining o`rinbosari Maykl Myoller Inson huquqlari bo`yicha Osiyo forumida ishtirok etish uchun O`zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Ilhomjon Ne`matov va BMT Bosh kotibining o`rinbosari Maykl Myoller O`zbekistonning Markaziy Osiyoda amalga oshirayotgan tashqi siyosati jihatlarini muhokama qilishdi.

BMT vakili O`zbekiston olib borayotgan mintaqaviy siyosatni, respublikaning qo`shni davlatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun qaratayotgan alohida e`tiborini qullab-quvvatlashini bildirgan.

"Zamonaviy dunyoda intilish kerak bo`lgan va eng sezilarli natija beradigan ayni standart mana shudir", - deyilgan xabarda.

Uchrashuv davomida bo`lajak qo`shma tadbirlarni o`tkazishning amaliy jihatlari ham ko`rib chiqilgan.

BMT vakili 22-23 noyabr kunlari Samarqand shahrida o`z ishini boshlaydigan Inson huquqlari bo`yicha Osiyo forumida ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar