Dubay shahrida tashkil etilgan xalqaro “Dubay Cup” turnirida ishtirok etgan hamda musobaqada barcha raqiblarini mag`lub etib, g`oliblikni qo`lga kiritgan O`zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni damda Toshkentga etib keldi.
Ma`lumot uchun, Ravshan Haydarov murabbiyligidagi terma jamoa ushbu musobaqada BAA, Quvayt hamda Yaponiya terma jamoalari bilan bahsda musobaqa g`olibligini qo`lga kiritishdi.
Ushbu munosabat bilan, ertaga, 24 noyabr Ravshan Haydarov ishtirokida OAV vakillari bilan matbuot anjumani o`tkaziladi. Matbuot anjumani Milliy Olimpiya Qo`mitasi majlislar zalida soat 11:00da boshlanadi.
Ushbu matbuot anjumaniga barcha OAV xodimlari taklif etiladi.






