1

Eng kulgili diskvalifikasiyalar

Sport 23.10.2014, 09:11
Eng kulgili diskvalifikasiyalar

Barchaga ayon vaziyat,   atletning qonida doping borligi  aniqlanishi yoki qoidalar buzilganida sportning eng yovuz qonunlaridan biri - diskvalifikasiya ishga tushadi. Lekin, ba`zida futbolchilarni o`yindan va murabbiylarni esa - ishidan aql bovar qilmaydigan sabablarga ko`ra  mosuvo   qilinganiga ham guvoh bo`lamiz...
Ich kiyim reklamasi oqibati
Sportchilar juda ko`p hollarda ta`qiqlangan reklama uchun jazolanadilar.  Daniya termasi Niklas Bendtner bu qoidani tan olmaydiganlardan. UEFA futbolchini Evro-2012 musobaqasidagi Portugaliyaga qarshi o`yinda irland bukmekerlik idorasi   Paddy Power timsoli tushirilgan ich kiyim – trusigini namoyish qilganligi uchun bir o`yinga diskvalifikasiya qilib, 100 ming evroga jarimaga tortgan.
Yaxshilik qilib baloga qolgan atlet
Sochi Olimpiadasidan so`ng nemis bobsleychisi Manuel Maxat bilan yuz bergan  hodisa esa, butun jahonni hayron qoldirdi. Sportchi Shveysariyadan keltirilgan bobsleyga taqiladigan sport anjomini rossiyalik Aleksandr Zubkovga beradi va rus sportchisi ikkita “oltin” medalni qo`lga kiritadi
Bu yordamni o`z termasiga nisbatan noto`g`ri holat deb tushungan Germaniya bobsley Federasiyasi Maxatni 5000 ming evro jarimaga tortib, bir yilga diskvalifikasiya qilgan.Lekin,  sportchi qo`lini yuvib qo`ltiqqa artmasdan sudga da`vo arizasi bilan murojaat qilib yutib chiqadi. Endi u Germaniya Chang`i-bobsley ittifoqining yoshlar jamoasida faoliyat yurityapti.
Avtomobilni mast holda haydagani uchun
Afsonaviy suzish ustasi 18 bora Olimpiada va 26 bor jahon chempioni bo`lgan amerikalik Maykl Felpsni hali beri hech kim  dog`da qoldira olmasa kerak deyilar edi. Ammo, uni faqat suzish havzasidagina quvib etib bo`lmas ekan, katta yo`lda esa bemalol...
Amerikaning Merilend shtati polisiyasi sportchini o`z Range Roverida mingga qo`yib ketayotganida ushlab olishib, trubkaga puflatishadi. Shunda, qonun himoyachilari 29 yoshli sportchining qonida alkogol miqdori risoladagidan ikki barobar ortiq ekanligini aniqlashgan.
Endi, olimpia rekordchisini diskvalifikasiya va olti haftalik davolanish kurslari kutib turibdi. Maykl 2015-yili Qozonda bo`lib o`tadigan jahon chempionatiga ham borolmaydigan ko`rinadi.   
Qizig`i, Felps 2009- yili marixuana chekkanligi sabab uch oyga musobaqalardan chetlashtirilgan edi. O`z sog`ligiga e`tibor bermaydigan kishini shuncha medallarni qo`lga kiritigani esa, hayron qoladigan holat.
Davomi Sports.Uz blogida.

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1